Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 106-modda. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish tartibi

Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Arizani (shikoyatni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.