Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 112-modda. Davlat bojini qaytarish

Davlat boji qonunchilikda belgilangan hollarda qaytarilishi lozim. Sud hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi. Davlat boji toʻlangan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellyatsiya, kassatsiya va taftish shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan maʼlumotnomaga asosan qaytariladi.