Maʼmuriy sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda yuritiladi. Maʼmuriy sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan sud protsessi ishtirokchilarining tarjimon orqali ish materiallari bilan tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish hamda sudda oʻz ona tilida yoki erkin tanlangan muloqot tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi. Sud muhokamasi jarayonida qabul qilinadigan sud hujjatlari sud majlisi qaysi tilda oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha tilda tuziladi.