Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala ish qaysi sudning ish yurituvida boʻlsa, oʻsha sud tomonidan, sud majlisida taraflar albatta ishtirok etgan holda koʻrib chiqiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Kelishuv bitimini tuzgan, sud majlisining vaqti va joyi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxslar sud majlisiga kelmagan taqdirda, kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala sud tomonidan koʻrib chiqilmaydi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqishda bitimning qonun talablariga muvofiqligini hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldorligini aniqlash uchun sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan ishning haqiqiy holatlarini, vajlar va dalillarni tekshiradi, ularga baho beradi. Sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ish yuritish toʻliq yoki qisman tugatilganligi koʻrsatiladi. Kelishuv bitimi apellyatsiya yoki kassatsiya, taftish instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, ajrim chiqarilib, ish boʻyicha ilgari qabul qilingan barcha sud hujjatlari ushbu ajrim bilan bekor qilinadi va ish yuritish tugatiladi. Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani apellyatsiya yoki kassatsiya, tegishli taftish instansiyasi sudi tomonidan koʻrib chiqishda tegishli sud hujjatining qonuniyligi va asosliligi tekshirilmaydi. Kelishuv bitimi sud hujjatini ijro etish bosqichida tuzilgan taqdirda, bitim ishni koʻrgan birinchi instansiya sudiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ijro bosqichida tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala bitim sudga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha koʻrib chiqiladi. Sud kelishuv bitimini qisman tasdiqlashga, oʻzgartirishga yoki undan taraflar tomonidan kelishilgan biron-bir shartni chiqarib tashlashga