Sudlarda ishlar muhokamasi oshkora oʻtkaziladi. Davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni saqlash zarur boʻlgan taqdirda, ishni yopiq sud majlisida eshitishga yoʻl qoʻyiladi. Ishni yopiq majlisda videokonferensaloqa rejimida eshitishga yoʻl qoʻyilmaydi, bunday majlisning audio- va videoyozuvi esa amalga oshirilmaydi. Eshitish yopiq sud majlisida oʻtkazilgan taqdirda, ishni elektron shaklda shakllantirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora oʻqib eshittiriladi.