Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 179-modda. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi

Oʻziga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tatbiq etiladigan fuqaro yoki yuridik shaxs mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzgan deb hisoblasa, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.