Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 189-modda. Maʼmuriy organning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarori, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sudning hal qiluv qarori

Maʼmuriy organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 19-bobida belgilangan qoidalarga koʻra sud tomonidan qabul qilinadi. Sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunchilikka zid ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzayotganligini aniqlasa, qarorni yoki uning ayrim qismlarini haqiqiy emas, yoxud harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. Sud agar ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qoidalari yoxud harakatlar (harakatsizlik) qonunga muvofiq ekanligini hamda arizachining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmayotganligini aniqlasa, u arz qilingan talabni qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi. Qarorni haqiqiy emas, harakatlarni (harakatsizlikni) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish haqidagi hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) qarorni qabul qilgan yoki harakatlarni (harakatsizlikni) sodir etgan organning (mansabdor shaxsning) nomi, qarorning nomi, raqami, u qabul qilingan sana, ustidan shikoyat qilinayotgan harakatlar (harakatsizlik) sodir etilgan sana va joy; 2) qarorning toʻliq yoki qisman haqiqiy emas yoki harakatlarning (harakatsizlikning) qonunga xilof deb topilganligi; 3) sud xarajatlarini taqsimlash. Qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi: qonunga muvofiq qaror qabul qilish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoxud arizachining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishlarini boshqacha usulda bartaraf etish; yoʻl qoʻyilgan buzilishlarni b