Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.