Apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudiga yoʻllanadi, biroq hal qiluv qarorini qabul qilgan sudga beriladi. Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud shikoyat (protest) kelib tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni apellyatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga yuborishi shart.