Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 206-modda. Apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) ilova qilinadigan hujjatlar

Apellyatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi: 1) davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat; 2) ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga apellyatsiya shikoyati va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat; 3) apellyatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, vakilning uni imzolashga doir vakolatini tasdiqlovchi hujjat. Apellyatsiya protestiga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga protestning va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini yoki topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Arizani (shikoyatni) qaytarish yoki arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza (shikoyat) va uni sudga berish chogʻida unga ilova qilingan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.