Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 214-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq apellyatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan sud hujjati ustidan berilgan va xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 2) apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 3) apellyatsiya shikoyati sud hujjati ustidan shikoyat qilish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 4) apellyatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan va voz kechish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; 5) apellyatsiya protesti ish yuritishga qabul qilinganidan soʻng protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa; 6) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs tugatilgan boʻlsa; 7) apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar ishda taraf boʻlgan fuqaro vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. Agar apellyatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudida koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatining (protestining) shu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi, uning koʻchirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Apellyatsiya shikoya