Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi: 1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi; 2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi; 3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi; 4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi. Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat: 1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi; 2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilganligi; 3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻgʻri talqin qilinganligi. Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi. Sudning hal qiluv qarori quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin, agar: 1) sud ishi yuritilayotgan til toʻgʻrisidagi qoida ishni koʻrish chogʻida buzilgan boʻlsa; 2) sud majlisi bayonnomasi imzolanmagan yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaxslar tomonidan imzolangan yoxud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa tashuvchilari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmagan boʻlsa; 3) sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻgʻrisidagi qoida buzilgan boʻlsa. Quyidagi protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻgʻri qoʻllanilganligi har qanday holda birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi: 1) ishning sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilganligi; 2) ishning ishda ishtirok etuvchi, sud majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli tarzda