Kassatsiya shikoyati (protesti) sudga yozma shaklda beriladi va shikoyat (protest) bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Kassatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) yoʻllanayotgan sudning nomi; 2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; 4) ishning raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana, talab predmeti; 5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga yoki boshqa qonunchilik hujjatlariga, ish holatlariga hamda dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini notoʻgʻri deb hisoblash uchun keltirgan asoslar; 6) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. Kassatsiya shikoyatida uni berayotgan shaxsning yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin.