Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 238-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish

Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi, agar: 1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 2) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan xatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa; 3) kassatsiya shikoyati (protesti) sud hujjati ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa; 4) shikoyat bergan shaxs tomonidan shikoyatdan voz kechish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya shikoyati ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan va voz kechish kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qabul qilingan boʻlsa; 5) protest keltirgan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror tomonidan protestni chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza kassatsiya protesti ish yuritishga qabul qilingandan keyin kelib tushgan boʻlsa; 6) ishda taraf boʻlgan yuridik shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar tugatilgan boʻlsa; 7) ishda taraf boʻlgan fuqaro kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar vafot etsa, nizoli huquqiy munosabat esa huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa. Agar kassatsiya shikoyatida (protestida) shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan birinchi instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqish predmeti boʻlmagan yangi talablar arz qilingan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatining (protestining) bu talablarga taalluqli qismi boʻyicha ish yuritishni tugatadi. Kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda y