Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 254-modda. Taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) koʻchirma nusxalarini yuborish

Taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga taftish tartibidagi shikoyatning (protestning) va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi yoki tilxat olib shaxsan topshirishi kerak.