Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilish va uni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ajrim chiqarilgan sana va joy; 2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi va ismi-sharifining bosh harflari; 3) shikoyat (protest) bergan shaxsning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi); 4) ustidan taftish shikoyati (protest) berilgan sud hujjatlari; 5) sud hujjatlari qabul qilingan ish mazmunining qisqacha bayoni; 6) taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga oʻtkazish asoslarining asoslantirilgan bayoni; 7) sud majlisining vaqti va joyi.