Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 266-12-modda. Taftish instansiyasi sudining ajrimlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish, qaytarish, taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga ushbu Kodeksda sud hujjati ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berishning belgilangan muddati ichida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi shikoyatni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi shikoyatni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ushbu Kodeksda taftish tartibida shikoyat berish uchun belgilangan muddat ichida shikoyat bergan shaxsning iltimosnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati sudyasining taftish tartibidagi protestni ish yuritishga qabul qilishni rad etish, taftish tartibidagi protestni qaytarish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Rayosatiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda sud hujjati ustidan taftish tartibida protest berish muddati ichida protest keltirilishi mumkin. Taftish tartibidagi shikoyat (protest) boʻyicha ish yuritishni tugatish, taftish tartibidagi shikoyatni (protestni) koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim, shuningdek ushbu Kodeksda ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatining boshqa ajrimlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori