Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 27-modda. Sud tomonidan hal etiladigan ishlar

Sud: 1) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda maʼmuriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; 3) saylov komissiyalarining, referendum oʻtkazuvchi komissiyalarning xatti-harakatlari (qarorlari) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; 4) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni roʻyxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi; 5) davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi; 6) ushbu Kodeksning 27¹-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha; 7) ushbu Kodeksning 27²-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻgʻrisidagi; 8) maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat ustidan shikoyat qilish toʻgʻrisidagi ishlarni hal qiladi. Sud fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga keladigan, qonun bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan boshqa ishlarni ham hal qiladi. Arizachi ushbu moddada koʻrsatilgan ariza (shikoyat) bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham