Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 42-modda. Ishga daxldor boʻlmagan javobgarni almashtirish

Sud ariza (shikoyat) boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan talab taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daxldor boʻlmagan javobgarni arizachi roziligi bilan daxldor boʻlgan javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin. Agar arizachi javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud arizachining roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb etishi mumkin. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Ishga daxldor boʻlmagan javobgar almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish boshidan boshlanadi.