Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 56-modda. Tarjimon

Tarjima qilish uchun zarur tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir. Maʼmuriy sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur tillarni bilsa ham, tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas.