Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 64-modda. Sudda vakil boʻla olmaydigan shaxslar

Quyidagi shaxslar sudda vakil boʻla olmaydi: 1) voyaga yetmagan shaxslar, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno; 2) vasiylik va homiylik belgilangan shaxslar; 3) sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, sud devoni xodimlari bundan ular qonuniy vakil (ota-onalar, farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) sifatida, shuningdek tegishli sud, prokuratura, surishtiruv va tergov organlarining vakili sifatida ishtirok etgan hollar mustasno; 4) manfaatlari vakolat beruvchining manfaatlariga zid boʻlgan shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yordam koʻrsatgan shaxslar; 5) sudya, prokuror, sud majlisining kotibi, ekspert, mutaxassis, tarjimon bilan qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxslar.