Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 80-modda. Ekspertizani oʻtkazish tartibi

Ekspertiza sud majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud tekshirish obyektlarini sud majlisiga olib kelish imkoni boʻlmasa, sud majlisidan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.