Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 10-modda. Maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi prinsipi

Maʼmuriy tartib-taomillar ochiq, shaffof va manfaatdor shaxslar uchun tushunarli boʻlishi lozim. Maʼmuriy organlar maʼmuriy tartib-taomillar haqidagi axborotdan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan usullar orqali erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.