Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 13-modda. Mazmunan qamrab olish prinsipi

Maʼmuriy organlar manfaatdor shaxslarga ilgari ushbu shaxslar tomonidan boshqa harakatlar doirasida bajarilgan talablarni qoʻyishga haqli emas. Agar maʼmuriy organga taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar maʼnosiga koʻra boshqa zarur hujjatlar mazmunini oʻz ichiga olsa, ushbu hujjatlar qoʻshimcha yoki alohida tarzda talab qilinishi mumkin emas. Agar amalga oshirilgan maʼmuriy tartib-taomil maʼnosiga koʻra boshqa maʼmuriy tartib-taomillarni oʻz ichiga olsa, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ular ham amalga oshirilgan deb hisoblanadi.