Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 20-modda. Maʼmuriy ishlarning taalluqliligi

Maʼmuriy organlar maʼmuriy ish yuritishni qonunchilikda oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan amalga oshiradi. Maʼmuriy ishlarning taalluqliligi toʻgʻrisidagi nizolar maʼmuriy organlar uchun yuqori turuvchi hisoblangan organ yoki maxsus vakolatli organ tomonidan hal etiladi.