Idoralararo hamkorlik maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi asosida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Boʻysunuv munosabatlarida boʻlgan maʼmuriy organlar oʻrtasidagi munosabatlar idoralararo hamkorlik hisoblanmaydi. Maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻrovi samaraliroq tarzda tegishli yordam koʻrsata oladigan vakolatli maʼmuriy organga yoʻllanishi kerak. Maʼmuriy organning koʻmaklashish toʻgʻrisidagi soʻroviga javob berilmaganligi maʼmuriy ishning hal etilishiga toʻsqinlik qilmasligi kerak.