Maʼmuriy organda maʼmuriy ish yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi. Maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etish va maʼmuriy ish materiallari bilan tanishish chogʻida, zarurat boʻlganda, tarjimon xizmatidan foydalanishi mumkin, shuningdek ular oʻz ona tilida soʻzlash huquqiga ega.