Maʼmuriy ishni hal qilishga koʻmaklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqalar) maʼmuriy ish yuritishga ixtiyoriylik yoki shartnoma asosida maʼmuriy organ tomonidan oʻz tashabbusiga yoki manfaatdor shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda jalb qilinadi. Maʼmuriy organ guvoh, ekspert va tarjimonni bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar, notoʻgʻri ekspert xulosalari berganlik hamda notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.