Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 32-modda. Rad qilish

Maʼmuriy ish yuritishda ishtirok etuvchi manfaatdor shaxslar ushbu Qonunning 31-moddasida nazarda tutilgan asoslardan biri mavjud boʻlgan taqdirda, maʼmuriy organning mansabdor shaxsi va maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashayotgan shaxslarni rad qilish toʻgʻrisida yozma shaklda ariza berishga haqli. Rad qilish asoslantirilgan boʻlishi va bu haqda maʼmuriy hujjat qabul qilinguniga qadar maʼmuriy ish yuritishning istalgan bosqichida ariza berilishi mumkin. Maʼmuriy organning mansabdor shaxsini rad qilish toʻgʻrisidagi ariza rad qilish bildirilayotgan mansabdor shaxsga yoxud maʼmuriy ish yuritish kollegial organ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, kollegial organning raisiga beriladi. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilgan maʼmuriy organning mansabdor shaxsi bir ish kuni ichida maʼmuriy ishni koʻrib chiqishni toʻxtatishi va rad qilish toʻgʻrisidagi arizani rad qilish haqida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan shaxsga koʻrib chiqish uchun berishi kerak. Rad qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qarorni oʻziga nisbatan rad qilinishi haqida arz qilingan mansabdor shaxsning bevosita rahbari, agar rad qilish maʼmuriy organning mansabdor shaxsiga nisbatan arz qilingan boʻlsa, yuqori turuvchi organ yoki boshqa vakolatli organ qabul qiladi. Maʼmuriy ish yuritish kollegial organ tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa, rad qilish toʻgʻrisidagi ariza boʻyicha qaror ushbu organ aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Rad qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish yuzasidan ovoz berishda kollegial organning oʻziga nisbatan rad qilish toʻgʻrisida ariza berilgan aʼzosi ishtirok etmaydi. Agar rad qilish kollegial organning butun tarkibiga nisbatan arz qilingan boʻlsa, rad qilish toʻgʻrisidagi qaror xuddi shu organ tomonidan toʻliq tarkibda oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Maʼmuriy ishni hal etishga koʻmaklashayotgan shaxslarni rad qilish toʻgʻrisidagi ariza maʼmuriy ish yuritishni amalga oshirayotgan hamda ushbu ariza boʻyicha tegishli qaror