Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 34-modda. Maʼmuriy ish yuritishda dalillar

Maʼmuriy ish yuritishda dalillar maʼmuriy ishni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumotlardan iboratdir. Maʼmuriy organning maʼmuriy ishni koʻrib chiqayotgan mansabdor shaxsi mazkur ishni xolisona, har tomonlama va toʻgʻri koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan dalillarni yigʻishni amalga oshiradi. Maʼmuriy organ maʼmuriy ish yuritishning ishtirokchilari tomonidan dalil sifatida taqdim etiladigan hujjatlarning shakliga nisbatan talablar qoʻyishga haqli emas, bundan hujjatlarning shakli qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.