Maʼmuriy ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgach, maʼmuriy ishni yuritish tiklanadi. Maʼmuriy ish yuritishni tiklash toʻgʻrisidagi xabarnoma manfaatdor shaxslarga bir ish kuni ichida yuboriladi. Maʼmuriy ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran maʼmuriy ish yuritish muddatlarining oʻtishi davom etadi.