Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 5-modda. Maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari

Maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; mutanosiblik; ishonchlilik; tinglanish imkoniyatining mavjudligi; maʼmuriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi; manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi; byurokratik rasmiyatchilikka yoʻl qoʻyilmasligi; mazmunan qamrab olish; maʼmuriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi; teng huquqlilik; ishonchning himoya qilinishi; maʼmuriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi; tekshirish.