Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 51-modda. Majlisda koʻrib chiqilgan maʼmuriy ish boʻyicha maʼmuriy hujjat qabul qilish

Maʼmuriy organning mansabdor shaxsi yoki kollegial organ maʼmuriy ishni majlisda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha maʼmuriy hujjat qabul qiladi. Maʼmuriy hujjatni qabul qilish boshqa organlar va mansabdor shaxslarning koʻrib chiqish natijalari asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, bunday koʻrib chiqish ushbu Qonun talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.