Maʼmuriy hujjat yozma shaklda qabul qilinadi. Qonunchilikda maʼmuriy hujjat boshqa shaklda, shu jumladan boshqa tegishli hujjatni berish yoki muayyan harakatlarni amalga oshirish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkinligi hollari nazarda tutilishi mumkin. Yozma maʼmuriy hujjat maʼmuriy organning vakolatli mansabdor shaxsi yoki kollegial organ aʼzolari tomonidan imzolanadi va maʼmuriy organning muhri bilan tasdiqlanadi.