Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 59-modda. Maʼmuriy hujjatni bekor qilish, oʻzgartirish yoki haqiqiy emas deb topish

Maʼmuriy hujjat manfaatdor shaxsning arizasi yoki maʼmuriy shikoyatiga koʻra maʼmuriy hujjatni qabul qilgan maʼmuriy organ, yuqori turuvchi maʼmuriy organ tomonidan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlar tomonidan ham bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi mumkin. Maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish zaruriyati qonunchilikdagi oʻzgartishlar, jamoat manfaatlariga boʻlgan tahdidning oldini olish, maʼmuriy hujjatning qonunchilikka nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli yuzaga kelgan hollarda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda maʼmuriy organ oʻzi qabul qilgan maʼmuriy hujjatni oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilishga yoki oʻzgartirishga haqli. Qonunchilikda maʼmuriy hujjatlar faqat sud tartibida bekor qilinadigan yoki oʻzgartiriladigan hollar nazarda tutilishi mumkin. Maʼmuriy hujjat qonunchilikka muvofiq emas deb topilgan taqdirda, u maʼmuriy organ tomonidan bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi kerak. Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim boʻlgan hollarda, maʼmuriy hujjatni bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi sud tartibida koʻrib chiqiladi. Agar manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonib, maʼmuriy hujjat asosida olingan mol-mulkdan foydalangan, oʻz mulkini tasarruf etish uchun bitim tuzgan yoki maʼmuriy hujjatda belgilangan naf va imtiyozlardan boshqacha tarzda foydalangan boʻlsa, uning ishonchi himoya qilinishi lozim. Manfaatdor shaxsning ishonchi quyidagi hollarda himoya qilinmaydi, agar: manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjat bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha majburiyatlarini bajarmagan boʻlsa; manfaatdor shaxs oʻziga maʼmuriy hujjat asosida taqdim etilgan pul mablagʻlaridan, buyumdan yoki huquqdan maqsadli foydalanmagan boʻlsa; manfaatdor shaxs maʼmuriy hujjatning gʻayrihuquqiyligini bilgan yoki oʻz aybiga koʻra bu haqda bilmagan boʻlsa; maʼmuriy hujjat aldash, tahdidlar yoki maʼmuriy organga boshqacha tarzda gʻayrihuquqiy taʼsir koʻrsatish oqibatida qabul qilingan boʻlsa; qonun manfaatdor sha