Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida 8-modda. Ishonchlilik prinsipi

Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy holatlar toʻgʻrisidagi hujjatlar va maʼlumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi. Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning haqiqiyligiga shubha paydo boʻlgan taqdirda, maʼmuriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va oʻz hisobidan tekshirish uchun choralar koʻradi. Maʼmuriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning yoki maʼlumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qoʻshimcha materiallar talab qilish, agar qonunda bunday talab belgilanmagan boʻlsa, taqiqlanadi.