Oliy maʼlumotga ega boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan mediatorlarni tayyorlash dasturi boʻyicha maxsus oʻquv kursidan oʻtgan, Mediatorlar reyestriga kirish istagini bildirgan shaxs malaka komissiyalarida malaka imtihonini topshirishi shart. Malaka imtihoni savollari mediatorlarni tayyorlash dasturi asosida oʻqitilgan mavzular doirasida boʻladi. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida uch oy oʻtgach qoʻyiladi.