Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi boʻlgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yoʻli bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida boʻlishi lozim. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda nizo predmeti haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi mumkin.