Mediatsiya toʻgʻrisida 8-modda. Taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi prinsipi

Mediatsiya tartib-taomili mediativ kelishuv shartlariga bir tomonlama taʼsir koʻrsatishni istisno etgan holda amalga oshirilishi kerak. Mediatsiya tartib-taomili nizo xususida taraflarning hamkorligi asosida oʻzaro maqbul qarorga erishish maqsadida amalga oshiriladi. Mediatsiya taraflari mediatorni, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibini, mediatsiya tartib-taomilidagi oʻz nuqtai nazarini, bu nuqtai nazarni himoya qilish usullari va vositalarini tanlashda, axborot olishda, mediativ kelishuv shartlarining oʻzaro maqbulligini baholashda teng huquqlardan foydalanadi hamda ularning zimmasida teng majburiyatlar boʻladi.