Mediatsiya toʻgʻrisida 9-3-modda. Mediatorlar reyestrini yuritish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan Mediatorlar reyestri yuritiladi, mazkur reyestr ularning rasmiy veb-saytlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Shaxsning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtishi (bundan notariuslar va advokatlar mustasno) uni Mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi. Mediatorlar reyestrida quyidagilar boʻlishi kerak: mediatorning familiyasi, ismi va otasining ismi; mediator bilan aloqa bogʻlash uchun uning joylashgan yeri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa maʼlumotlar; mediatorning maʼlumoti (mutaxassisligi); mediator ixtisoslashgan mediatsiya sohasi; mediator mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga qodir boʻlgan til; mediatorning faoliyati toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi yoki mediator reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.