Mediatsiya toʻgʻrisida 9-modda. Mediatorning mustaqilligi va xolisligi prinsipi

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator mustaqildir. Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediatorning faoliyatiga biror-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mediator xolis boʻlishi, mediatsiya tartib-taomilini taraflarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishi va mediatsiyada ularning teng ishtirokini taʼminlashi, taraflarga oʻz majburiyatlarini bajarishi hamda oʻzlariga berilgan huquqlarni amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak. Mediatorning mustaqilligi va xolisligiga toʻsqinlik qiladigan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, u mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishdan voz kechishi kerak.