Mehnat kodeksi 317-modda. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirish

Mehnat shartnomasi yoki unga yozma shaklda tuziladigan qoʻshimcha kelishuv, shuningdek jamoa shartnomasi mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligini aniqlashtirishi mumkin. Bunda ish beruvchining xodim oldidagi shartnomaviy javobgarligi ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan kam boʻlmasligi, xodimning ish beruvchi oldidagi javobgarligi esa ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan yuqori boʻlmasligi kerak.