Mehnat kodeksi 319-modda. Xodimga oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan ziyon

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga yetkazilgan ziyonning oʻrnini qoplashi shart: xodim mehnat qilish imkoniyatidan gʻayriqonuniy ravishda mahrum qilinganda; xodimning hayoti yoki sogʻligʻiga ziyon yetkazilganda; xodimga ish haqi toʻlash va unga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlar kechiktirilganda; xodimning mol-mulkiga ziyon yetkazilganda. Agar ish beruvchining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) bilan xodimga jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkazilgan boʻlsa, xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi lozim.