Mehnat kodeksi 348-modda. Xodimni oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplash

Xodim mehnat shartnomasini shartnomada yoki ish beruvchining hisobidan oʻqitish toʻgʻrisidagi kelishuvda shartlashilgan muddatdan oldin uzrli sabablarsiz bekor qilingan taqdirda, xodim ish beruvchi uni oʻqitish uchun qilgan, oʻqish vaqti tugaganidan keyin haqiqatda ishlab bermagan vaqtiga mutanosib tarzda hisoblab chiqarilgan xarajatlarning oʻrnini, agar mehnat shartnomasida yoki oʻqitish toʻgʻrisidagi kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoplashi shart.