Mehnat kodeksi 365-modda. Xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish va ularni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish

Ish beruvchi ish joyida kasal boʻlib qolgan xodimlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga qaratilgan choralar koʻrishi shart. Ish joyida kasal boʻlib qolgan xodimlarni davolash-profilaktika muassasalariga olib borish, zarur hollarda, ish beruvchining hisobidan amalga oshiriladi.