Mehnat kodeksi 391-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash tartibi

Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan kafolatlar darajasining pasayishiga, ularning huquqlari cheklanishiga, intizomiy va (yoki) moddiy javobgarligi oshishiga olib keladigan mehnatni huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda belgilanishi mumkin.

25-bob. Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari

1-§. Ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashgʻul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari