Mehnat kodeksi 426-modda. Nogironligi boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari

Nogironligi boʻlgan shaxslar faqat dastlabki majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganidan keyin ishga qabul qilinadi va keyinchalik har yili majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazib turilishi lozim. Ushbu Kodeksning 360-moddasida nazarda tutilgan nogironligi boʻlgan shaxslarning majburiy tibbiy koʻriklari ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.