Masofadan turib ishlovchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ushbu Kodeksda belgilangan asoslarga koʻra bekor qilinishi mumkin. Agar masofadan turib ishlovchi xodimning ish beruvchining masofadan turib ishlash toʻgʻrisidagi mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan tanishib chiqishi elektron hujjat tarzida amalga oshirilsa, ish beruvchi masofadan turib ishlovchi xodimga mazkur mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni lozim darajada rasmiylashtirilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqning koʻchirma nusxasini maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan pochta orqali qogʻozda yuborishi shart.
4-§. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari