Mehnat kodeksi 492-modda. Mavsumiy ishlarni bajarish toʻgʻrisida mehnat shartnomasi tuzishning oʻziga xos xususiyatlari

Ishning mavsumiy xususiyati toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida koʻrsatilishi kerak. Mavsumiy xodimlarni ishga qabul qilish chogʻida sinov muddati belgilanmaydi. Mavsumiy xodimlar bilan mehnat shartnomasi mavsumning davomiyligidan oshmaydigan muddatga tuziladi.