Mehnat kodeksi 544-modda. Yakka tartibdagi mehnat nizolarining taraflari

Yakka tartibdagi mehnat nizosining bir tarafi ish beruvchi, boshqa tarafi esa xodim, ilgari ushbu ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan shaxs, ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishni rad etgan taqdirda, ish beruvchi bilan shunday shartnomani tuzish istagini bildirgan shaxs boʻladi. Yakka tartibdagi mehnat nizosining har bir tarafi oʻz huquqlarini himoya qilish uchun vakillarni jalb qilishga haqlidir.